🇺🇿 Mustaqillik bayramida faol xodimlar taqdirlandi

Yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan 28-avgust kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i Sh. Jamoldinov hamda boshliq o‘rinbosarlari B. Abdukadirov va X. Igamberdiyev jamoa a’zolarini Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar.
Shuningdek, statistika tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🎉 Tadbir yakunida bayramona dasturxon yozilib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi uchun ezgu tilaklar bildirildi.

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!