📊 Bo‘stonliq tumanida “1 (Umumta’lim)” statistik hisobotini to‘ldirish va topshirish tartibiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdii

✅ Joriy yilning 23-sentyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi mas’ullari tomonidan Bo‘stonliq tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktor o‘rinbosarlari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.

📌 Seminarda “1 (Umumta’lim)” statistik hisobotini to‘ldirish va topshirish tartibi, ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi va belgilangan muddatlarda taqdim etilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📈 Shuningdek, hisobotlarda ta’lim muassasalari faoliyatiga oid ma’lumotlarni to‘g‘ri aks ettirish, ma’muriy javobgarlik, korrupsiyaning oldini olish hamda xolislik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish masalalariga e’tibor qaratildi.