1851 ga eng köp berilayotgan 5 savolga javob

Biznesni röyxatga oliş nima va u qanday maqsadda ötkaziladi?
Biznesni röyxatga oliş — mamlakatda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy birliklar, ularning faoliyat turlari, xodimlari va iqtisodiy körsatkiçlari haqida maʼlumot töplaş tadbiridir.

Natijalar iqtisodiyotning haqiqiy holatini baholaş, statistik registrlarni yangilaş va hududlarni rivojlantirişga oid qarorlar uçun axborot manbaini yaratişga xizmat qiladi.
Masʼuliyati çeklangan jamiyatlar (MÇJ) savolnomani qayerda töldiradi?
MÇJlar iqtisodiy savolnomani hisobot.stat.uz (https://hisobot.stat.uz/) — E-Stat axborot tizimi orqali mustaqil töldiradi. Tizimga OneID yoki elektron raqamli imzo orqali kiriş mumkin.

Korxonaning manzili va faoliyatiga oid asosiy savolnoma esa hokim yordamçisi tomonidan yuzma-yuz sörov orqali töldiriladi.
Savolnoma qanday tartibda töldiriladi?
Yuridik şaxslar hisobot.stat.uz (http://hisobot.stat.uz/) tizimiga kirib, biznesni röyxatga oliş doirasidagi iqtisodiy savolnomani töldiradi. Bunda savollarda körsatilgan davr uçun faoliyat, xodimlar, aylanma, xarajatlar va boşqa tegişli maʼlumotlar kiritiladi.

Savolnomani töldiriş tartibi bilan videoqöllanma (https://youtu.be/u8EFOIhxBFQ) orqali tanişiş mumkin. Qiyinçilik tuğilsa, 1851 raqamiga murojaat qiling.
2026-yilda yangi taşkil etilgan korxonalar savolnomani qanday töldiradi?
Bu korxona qaçon taşkil etilganiga boğliq. Röyxatga oliş 2026-yil 1-oktabr holatiga ötkaziladi. Uşbu sanadan keyin taşkil etilgan korxonalar uçun savolnoma töldirilmaydi.

1-oktabr holatiga mavjud bölgan yangi korxonalar röyxatga olişda qamrab olinadi. Ular tomonidan savolnomaga röyxatga oliş sanasigaça bölgan iqtisodiy körsatkiçlar kiritiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) qanday iştirok etadi?
YaTTlar faoliyat yuritayotgan manzilida statistika organi hokim yordamçisi tomonidan yuzma-yuz sörov orqali röyxatga olinadi. Javoblar masʼul xodim tomonidan planşet yordamida elektron savolnomaga kiritiladi.

Bozor va savdo komplekslari hududida faoliyat yurituvçi YaTTlarni esa statistika organlari xodimlari röyxatga oladi.