Yangiyo‘l tumanida nechta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda?

⚡️2026- yilning 1- sentyabr holatiga ko‘ra, Yangiyo‘l tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 464 tani tashkil qildi, shundan 251 tasi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar.

Bundan tashqari faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni 2 133 taga yetdi.

Hududda asosan ko‘proq faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar bular 771 tasi savdo sohasiga, 402 tasi sanoat sohasiga, 362 tasi qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi korxona va tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.