26/05/2026

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, Chinoz tumanida doimiy aholi soni 150 988 kishini tashkil etdi. Shundan 75 696 nafari erkaklar, 75 292 nafari ayollarga to‘g‘ri keladi.

3 oy mobaynida, tumanda 714 nafar chaqaloq tug‘ilgan, 187 nafar fuqaro vafot etgan.

Shuningdek, tumanga 204 nafar aholi ko‘chib kelgan.

Mazkur davrda 139 ta nikoh qayd etilgan, 59 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan.