06/03/2026

 2025- yilda Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xizmatlar sohasida 52 427,6 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi.

Mazkur ko‘rsatkich xizmatlar umumiy hajmining 73,0 % ini tashkil etdi.

Shuningdek, ushbu davrda kichik tadbirkorlikning xizmatlar sohasidagi o‘sish sur’ati 2024- yilga nisbatan 115,1 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining xizmatlar hajmidagi eng yuqori ulushi Bo‘ka (85,1 %), Oqqo‘rg‘on (83,2 %), Parkent (77,8 %), O‘rta Chirchiq (74,8 %) tumanlari hamda Yangiyo‘l shahri (90,7 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.