12/01/2026

Parkent tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini belgilangan tartibda o‘tkazish yuzasidan tuman hokimligi majlislar zalida “mahalla yettiligi” xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

🔺 Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida savolnoma shakllarini to‘ldirish tartibi bo‘yicha yo‘riqnomalar taqdim etildi, 1-, 2- va 5-shakllar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi, ro‘yxatga olishda uchrashi mumkin bo‘lgan savollarga amaliy misollar orqali izohlar keltirildi.

🔻 Shuningdek, ro‘yxatga olish mobil ilovasining “prod-004.apk” yangi versiyasini o‘rnatish, dasturga kiritilgan yangiliklar bilan ishlash hamda ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalari oshirildi.

🔹 Mazkur o‘quv seminari ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.