05/11/2025

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

⚡️Mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududiy statistika organlari tomonidan joylarda ro‘yxatga oluvchilarni tayyorlash maqsadida “Mahalla yettiligi” xodimlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

⚡️Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent viloyati mas’ullari tomonidan O‘rta Chirchiq tumani hokimligida ro‘yxatga oluvchi sifatida ishtirok etadigan “Mahalla yettiligi” xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi. Seminarda Farmonning mazmun-mohiyati, ro‘yxatga olish bosqichlari va uning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari, elektron savolnomalarni to‘ldirish tartibi va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

⚡️Bunday o‘quv-seminarlar muhim tadbir – aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish hamda uni xalqaro talablarga muvofiq o‘tkazishga xizmat qiladi.