2025- yil 1- iyul holatiga koʻra, viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xoʻjaliklarisiz) 44,4 mingtani tashkil etadi, shundan 38,1 mingtasi yoki 86,0 foizi kichik korxona va mikrofirmalardir. 2024- yilning shu davriga nisbatan korxona va tashkilotlar 108,0 foizni, jumladan, kichik biznes va mikrofirmalarda – 109,3 foizni tashkil etdi.




