03/06/2025

 2025- yilning yanvar-aprel oylarida Toshkent viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 11 618,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 110,3 % ga teng bo‘ldi.

Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1 626,3 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 9,5 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 9 992,1 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 10,4 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 080,9 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 10,8 %) tashkil etdi.