Joriy yilning 14-16-may kuni BMT Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO)ning “O‘zbekiston sanoat statistikasini xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro o‘quv-seminari o‘z yakuniga yetdi.
Seminar davomida nufuzli xalqaro tashkilotlar ekspertlari, Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparati hamda hududiy statistika boshqarmalari mas’ullari qatnashdi. Ishtirokchilar tomonidan sohaga oid taqdimotlar namoyish etildi, zamonaviy tajribalar o‘rtoqlashildi.
Tadbirning yakunida faol ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Seminar O‘zbekiston sanoat statistikasini xalqaro mezonlar asosida uyg‘unlashtirish, ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini oshirish, shuningdek, sohadagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashishni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.