02/05/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–mart oylarida davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investitsiyalarning hududlar kesimidagi eng yuqori ulushi Xorazm viloyatiga toʻgʻri kelib, jami investitsiyalarning 5,2 % ini tashkil etdi. Jizzax va Fargʻona viloyatlarida esa ushbu koʻrsatkich 3,3 % ni tashkil etdi.

Davlat byudjeti hisobidan oʻzlashtirilgan investitsiyalarning hududiy tarkibi quyidagicha:

Qoraqalpogʻiston R. – 2,3 %

Andijon viloyati – 2,2 %

Buxoro viloyati – 1,4 %

Jizzax viloyati – 3,3 %

Qashqadaryo viloyati – 2,5 %

Navoiy viloyati – 0,9 %

Namangan viloyati – 2,4 %

Samarqand viloyati – 2,4 %

Surxondaryo viloyati – 2,6 %

Sirdaryo viloyati – 2,6 %

Toshkent viloyati – 1,9 %

Fargʻona viloyati – 3,3 %

Xorazm viloyati – 5,2%

Toshkent shahri – 3,1 %