2025- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 1 897 tani, shundan qo‘shma korxonalar 452 ta va xorijiy korxonalar 1 445 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 79 ta
- sanoat sohasida – 718 ta
- qurilish sohasida – 91 ta
- savdo sohasida – 688 ta
- tashish va saqlash sohasida –33 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 37 ta
- axborot va aloqa sohasida – 77 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 9 ta
- boshqa sohalarda – 165 ta