19/05/2023

Toshkent viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlar egallaydi. 2023- yil yanvar-mart oylarida bu xizmatlarning ulushi 32,8 %ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport xizmatlari (22,6 %), moliyaviy xizmatlar (15,6 %), yashash va ovqatlanish xizmatlari (4,3 %), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (3,5 %)da qayd etildi.