2026-yil 1-iyun holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) 48 873 tani tashkil etgan.
Shundan 42 408 tasi kichik korxona va mikrofirmalar bo‘lib, bu jami korxonalarning 86,8 % iga teng.2025-yilning shu davriga nisbatan korxona va tashkilotlar soni 112,2 % ni tashkil etgan, ya’ni korxonalar soni 12,2 % ga oshgan.
Kichik biznes va mikrofirmalar soni esa 113,5 % ni tashkil etib, 13,5 % ga o‘sgan.



