05/05/2023

2023- yil 1- aprel holatiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 4395,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022–yilning mart oyiga nisbatan 107,7 % ga kamaydi. Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 26,9 % ni tashkil etdi. 

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2022- yilning mart oyiga nisbatan 104,8 % ga o‘sdi va 837,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 16,0 % ulushiga to‘g‘ri keldi.