05/05/2023

🏢Joriy yilning 4- may kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi F.Irisov  hamda A.Toymasov tomonidan Bekobod va Yuqori Chirchiq tumani “Dalvarzin”  va ”Uchchinor ”mahallalari fuqarolar yig‘ini faollari bilan hamkorlikda mahalla xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, noturar binolarni hamda raqamlanmagan uylarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.