Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1-mart holatiga viloyatimizda 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 124,2 foizni tashkil etdi. So’nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:
- 2019 yilda – 6 134 ta
- 2020 yilda – 7 806 ta
- 2021 yilda – 8 866 ta
- 2022 yilda – 9 360 ta
- 2023 yilda – 7 621 ta