25/03/2023

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada yirik shoxli qoramollarning umumiy soni 13 857,6 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,3 % ni tashkil etdi.

Yirik shoxli qoramollar umumiy bosh sonining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (12,2 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Qashqadaryo (12,2 %) va Buxoro (9,6 %) viloyatlarida ham yirik shoxli qoramollar bosh sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.