24/03/2023

2023- yilning yanvar-fevral oyida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismidan biri bo‘lgan 17,7 mln. dollar qiymatga ega 20,3 ming tonnadan ziyod qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilik mahsulotlari eksport qilingan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, 10,1 mln. AQSh dollariga teng 14,0 ming tonnadan ortiq sabzavot (qiymatda 62,3 %ga ko‘paygan), shuningdek, 3,6 mln. AQSh dollari qiymatidagi 2,5 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi (qiymatda o‘zgarish sur’ati 11,4 %ga ko‘paygan).