24/03/2023

🏢 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida, 2022 yil yakunlari uchun tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 2023 yilning 27 fevral kuniga qadar taqdim etiladigan 1-kb shakli (uning ilovalarini qo‘shgan holda) va 1-fx shakli yillik statistika hisobotlari 3 mart sanasiga qadar uzaytirilgan edi.

✅ Joriy yilning 4 mart kunidan boshlab, hisobot taqdim etmagan sub’ektlarga statistika organlari tomonidan yillik statistika hisobotlarini bir oylik muddatlarda taqdim etilishi yuzasidan ko‘rsatma xatlari chiqarildi.

✅ Shu munosabat bilan, hisobot taqdim etmagan tadbirkorlik sub’ektlarini ko‘rsatma xatda berilgan muddatlarda  “Estat 4.0” axborotlashgan tizimi orqali yuqorida ko‘rsatilgan hisobotlarni taqdim etishingiz so‘raladi.