16/03/2023

✅ Joriy yilning 16- mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Urunov, Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Tastanbekov hamda O’rta Chirchiq tumani statistika bo'limi boshlig‘i T.Pulatov bilan birgalikda  O’rta Chirchiq tumanida yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkizildi.

Kuzatuv jarayonida  yo‘lovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport egalarining soni, yolovchining bir marta tashishdagi o‘rtacha uzoqligi, bir qatnovdan o‘rtacha tushgan tushum, bir kunda qatnovlar soni, bir oyda ish kunlari  yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi. Bundan tashqari intervyuyer tomonidan mazkur kuzatuv bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.