16/03/2023

⚡️Joriy yilning 16- mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Urunov, Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Tastanbekov hamda Nurafshon shahar statistika bo'limi yetakchi mutuxassisi Z.Sadirdinova bilan birgalikda Nurafshon shahrida yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkizildi.

Kuzatuv jarayonida yo‘lovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport egalarining soni, yolovchining bir marta tashishdagi o‘rtacha uzoqligi, bir qatnovdan o‘rtacha tushgan tushum, bir kunda qatnovlar soni, bir oyda ish kunlari yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi.