16/03/2023

2023 yilning yanvar-fevral oyida Toshkent viloyatida jami 1437,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022 yilning mos davriga nisbatan 105,5 foizni tashkil etmoqda.

 Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi ma’lum qildi.

Hududlar kesimida olinganda, eng ko‘p ulush Olmaliq shahri (191,5 mlrd. so‘m), Qibray (189,6 mlrd. so‘m) hamda Zangiota (130,8 mlrd. so‘m) tumanlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, mazkur davrda viloyatda qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 239,1 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda.