11/03/2023

2023- yilning yanvar oyida viloyatning barcha tuman va shaharlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, savdo aylanmasi hajmi 38,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga (23,7 mlrd. so‘m) to‘g‘ri keldi.