11/03/2023

Joriy yilning 11- mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Igamberdiyev hamda Parkent tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi B.O’tkirov bilan birgalikda «Iste’mol narxlari indeksi» xizmatlar guruhi bo’yicha Parkent tumanida faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan xizmat koʻrsatish obyektlariga borib narx-navolar oʻrganildi.

Kuzatuv davomida  xizmatlar narxlarini registratorlar tomonidan o'rganishda planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi bo’yicha ko’rsatma va topshiriqlar berildi.