10/03/2023

2023- yil 10-mart kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

Unda Statistika agentligi marzakiy apparat boshqarma boshliqlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyati, universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Davra suhbatida yurtimizda qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha fikr-mulohaza bildirildi. Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Xumoyun O`razbekov mavzu bo‘yicha ma’lumot berdi.

Taʼkidlanganidek, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) umumiy hajmi 364 522,8 milliard soʻmni, jumladan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha 347 564,4 milliard soʻmni, dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida xizmatlar koʻrsatish hajmi shuningdek, ovchilikda – 4573,4 mlrd. so‘m, o‘rmon xo‘jaligida – 9223,0 mlrd. so‘m, baliqchilikda – 3162,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

 

 

Ochiq muloqotda Statistika agentligi mutaxassislari talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga  kitoblar sovg‘a qilindi.