2023-yilning yanvar oyida Toshkent viloyatida jami 480,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 13,4 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 56,7 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 29,9 % ni tashkil etdi.