17/01/2023

Joriy yilning 17- yanvar kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Urunov,  Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Mirasrorov  hamda Bekobod shahar statistika bo‘limi boshlig‘i  Z.Nazirov bilan birgalikda Toshkent viloyatining Bekobod shahriga  uyushgan savdo majmualarida INI (iste’mol narxlari indeksi) oziq-ovqat kuzatuvini to‘g‘ri tashkil qilish, narxlar planshet qurilmasiga aniq va xatoliklarsiz kiritilayotganligiga ishonch hosil qilish maqsadida kuzatuv jarayoni o‘rganildi.

O’rganish natijasida tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlariga mos kelayotganligi tekshirildi.