17/01/2023

2022- yilning yanvar – dekabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 16 177,7 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 104,7 %ni tashkil etdi. yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,4 %ni tashkil qildi

2022– yilning yanvar – dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 618,2 ming t. don va dukkakli don (2021– yilning yanvar – dekabriga nisbatan 8,0 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Don va dukkakli don ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, don ishlab chiqarish umumiy hajmidan 50,1 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.