17/01/2023

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar – dekabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 34 695,9 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,7 %ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 33 175,2 mlrd. so‘mni (103,6 %), o‘rmon xo‘jaligi – 1 250,5 mlrd. so‘mni (102,7 %), baliqchilik xo‘jaligi – 270,1 mlrd. so‘mni (116,9 %) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Toshkent viloyatining ulushi 9,6 %ni tashkil etdi.