11/01/2023

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo‘limlarida Anomal sovuq kunlari davrida, ya’ni 9-18 yanvar kunlari har qanday majlislar (jumladan Zoom shaklida), tadbirlar, mas’ullarni asosiy faoliyatidan chalg‘ituvchi boshqa yig‘ilishlarni o‘tkazish taqiqlandi hamda boshqarmani isitish  tizimi va kirish,  piyodalar yo‘laklarini ko‘zdan kechirilib, piyodalar yo‘laklarini qordan tozalash ishlari olib borildi.

Shu bilan birga, boshqarma va hududiy statistika bo‘limlarida kompyuter, elektr jihozlar hamda xonalarni issitish moslamalaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.