07/01/2023

Toshkent viloyati bo‘yicha 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 16 014,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 19,3 %ga o‘sdi. Shu jumladan, kichik biznes subyektlarining savdo tovar aylanmasi 11 717,3 mlrd. so‘mni (24,8 %ga o‘sdi) tashkil etdi. Ushbu sektor jami viloyat ulgurji savdo tovar aylanmasida 73,2 % ulushni tashkil etdi.

Ulgurji savdo tovar aylanmasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlariga ega yirik hududlar Parkent (179,4 %), Toshkent (153,9 %) hamda Yuqori Chirchiq (124,8 %) tumanlarida kuzatildi.