26/12/2022

Joriy yilning 23- dekabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Yig‘ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Jurayev va Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Ro‘yxatga olish metodologiyasi va kartografik xujjatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sherzod Dusnayevning yaqinda Efiopiyaning Addis-Abeba shahrida “Biz vazifamizni bajaramiz va kelajakka intilamiz 2022: qochqinlar, vaqtincha yashovchilar va fuqaroligi bo‘lmaganlar statistikasi bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi (EGRISS)” mavzusida tashkil etilgan xalqaro yig‘ilish natijalariga bag‘ishlangan taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotda X. Jurayev va Sh. Dusnayev xalqaro yig‘ilish davomida o‘zlashtirgan bilim va tajribalari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, ular aholini ro‘yxatga olishda qochqinlar, majburiy ko‘chirilish va fuqarosizlikni hisobga olish, uslubiy hujjatlar, xorijiy davlatlar tajribasi
va xalqaro tavsiyalar haqida ma’lumot berishdi.