26/12/2022

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Toshkent viloyatning barcha tuman va shaharlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 597,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga (298,4 mlrd. so‘m) to‘g‘ri keldi.

Yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari - 298,4 mlrd. so‘m

Non va non mahsulotlari - 62,7 mlrd. so‘m

Don mahsulotlari (mosh, loviya, no‘xat, guruch va boshqalar) -  43,2 mlrd. so‘m

Quritilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (yong‘oq, bodom, pista va boshqalarni qo‘shgan holda) - 31,8 mlrd. so‘m

Sut va sut mahsulotlari - 19,5 mlrd. so‘m

Tuxum - 23,0 mlrd. so‘m

Chorva mollari va parrandalar uchun har xil yem-xashaklar - 9,3 mlrd. so‘m

Ziravorlar - 21,5 mlrd. so‘m

Tuzlamalar - 11,8 mlrd. so‘m

Gullar, o‘simlik va nihol ko‘chatlari (manzarali va qishloq xo‘jaligi) - 13,6 mlrd. so‘m