2022- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyati bo‘yicha 14515,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning 45,3 % i jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 54,7 % investitsiyalar moliyalashtirildi.




