Toshkent viloyatida yalpi hududiy mahsulot 8,7 % ga o‘sdi
30/07/2026
📊 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Toshkent viloyatining yalpi hududiy mahsuloti joriy narxlarda 103,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,7 % ga o‘sdi.
Shuningdek, YAHM deflyator indeksi 2025-yilning yanvar–iyun oylari narxlariga nisbatan 113,6 %ni tashkil etdi.
Mazkur davrda O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti shakllanishida Toshkent viloyatining ulushi 9,7 %ga yetib, hududning mamlakat iqtisodiyotidagi muhim o‘rnini yana bir bor tasdiqladi.