30/08/2022

⚡️Davlat xizmatiga ishga joylashishning ochiq va shaffof tizimi ya‘ni vacancy.argos.uz portal orqali bugungi kunda ko‘pchilik fuqarolar davlat idoralarida o‘zlariga munosib ishlarga ega bo‘lishmoqda.

 ⚡️Toshkent viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 30- avgust kuni Statistika faoliyatini tashkil-etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari,  Investitsiya va qurilish statistika bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari  va Sanoat statistikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga  test jarayonida yuqori ball to’plagan nomzodlar ochiq va mustaqil tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etishmoqda.