30/08/2022

Seminar yig‘ilishi Davlat Statistika qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i  ishtirokida o‘tkazildi.

Seminar yig‘ilishi jarayonida tuman (shahar) Ro‘yxatga olish bo‘limlari  boshliqlarining 2022-  yil avgust oyi davomida viloyatning barcha hududlaridagi  turar va noturar ob’ektlarni viloyat Kadastr agentligi tomonidan taqdim etilgan  xaritalar asosida xatlovdan o‘tkazayotgan Registratorlarning olib borgan ish faoliyatlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Seminar yig‘ilishi jarayonida Registratorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasini Qo‘mita tomonidan belgilab berilgan kompyuter bazasiga kiritilishi yuzasidan Ro‘yxatga olish bo‘limlari boshliqlariga tushuntirishlar berildi.

Seminar yig‘ilishi savol-javoblar tarzida o‘tkazilib, Registratorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasini kompyuter bazasiga kiritilishi jarayonida yuzaga keladigan muammoli holatlar bo‘yicha  yig‘ilganlardan berilgan savollarga Qo‘mita bo‘lim boshlig‘i va boshqarmaning mas’ul bo‘limi xodimlari aniq tushunarli javob berishdi.