17/06/2026

2026-yilning yanvar–mart oylarida viloyatda yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 263 tani tashkil etdi (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz). 

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng ko‘p yangi korxona va mikrofirmalar savdo sohasida – 867 ta tashkil etilib, jami yangi tashkil etilgan korxonalarning 38,3 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, sanoat sohasida – 294 ta (13,0 foiz) hamda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 270 ta (11,9 foiz) yangi korxona va mikrofirmalar tashkil etilgan.