30/08/2022

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida YAHM hajmi 42 905,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu esa 2021- yilning yanvar-iyun oylari ma’lumotlariga nisbatan 6,1 % ga ko‘pdir. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 101,1 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 19,5 %), sanoatda 107,2 % (49,3 %), qurilishda 110,6 % (5,9 %) va xizmatlar sohasida 107,0 % (25,3 %) o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YAHM 7,4 % ga o‘sdi va 14 538,7 ming so‘mni tashkil etdi.