29/08/2022

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bu jarayonda boshqa vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi va Qo‘mita ishchi guruhi vakillari Mustaqillik bayrami arafasida Bekobod shahridagi mahallalarda uyma-uy yurib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotganlar, keksalar va nogironlar holidan xabar olib, 3ta shaxsiy kompyuter, 4 ta nogironlik aravachasi, va yana 25 ta oilaga alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.


Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi xayriya ishlari davom ettirilmoqda.