26/08/2022

2022- yil 1-avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 3 916 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 %ga oshdi. Jami yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar soni ko‘payishining asosiy omili – oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar – 5,1 %ga (jami yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi ulushi 90,3 %), yashash bo‘yicha xizmatlarning – 9,8 %ga (jami yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi ulushi 9,7 %) o‘sishidir.

Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar -  3 536

Yashash bo‘yicha xizmatlar – 380