24/08/2022

Joriy  yilning 23-avgust kuni tuman (shahar)lardagi registratorlarning olib borilayotgan ish faoliyati to‘g‘risida onlayn tarzda yig‘ilish o‘tkazildi.

Joriy  yilning o‘tgan 18-avgust kungi yig‘ilishida Qo‘mita Raisi o‘rinbosari ishtirokida o‘tkazilgan tanqidiy fikrlarni va ushbu seminarda berilgan topshiriqlarni ijrosi to‘g‘risida gapirib o‘tildi.

Yig‘ilish  jarayonida tuman (shahar)lar kesimida registratorlar tomonidan xaritalarga belgilangan qo‘llanmadagi belgilarni to‘g‘ri va aniq qo‘yilishi, o‘rganilayotgan turar va noturar joy ob’ektlarini talab darajasida barcha savollar bo‘yicha o‘rganilayotganligi yuzasidan ro‘yxatga olish bo‘limlari bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

Yig‘ilish  yakunida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Urunov tomonidan ro‘yxatga olish bo‘limlariga tegishili topshiriqlar berildi.