24/08/2022

Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (FAO) boʻyicha vakili Georgiy Kvinikadze 2022-yil 23–25-avgust kunlari mamlakatimizda sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlari bilan taninish maqsadida tashrif buyurdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (FAO) boʻyicha vakili Georgiy Kvinikadze joriy yilning 23-avgust kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida boʻlib, sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarida bevosita ishtirok etdi.

Tashrif davomida Xalqaro ekspert sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishning tashkiliy ishlari bilan ham tanishib, oʻz tavsiyalarini berib o‘tdi.

Shuni alohida takidlash joizki, mamlakatimizda ilk bor 1-31-avgust kunlari Toshkent viloyatning Parkent va Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish oʻtkazilmoqda.

Eslatib o’tamiz: Joriy yilning 18- avgust kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi vakillari Toshkent viloyati Parkent tumanida qishloq xo’jaligi sohasida sinov tariqasida o’tkazilayotgan ro’yxatga olish jarayonlari bilan tanishgan edi.