19/08/2022

Avval xabar berib o’tganimizdek, Joriy yilning 15- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.

Bugun, 18- avgust kuni mazkur delegatsiya vakillari Toshkent viloyati Parkent tumanida qishloq xo’jaligi sohasida sinov tariqasida o’tkazilayotgan ro’yxatga olish jarayonlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Tojikistonlik mehmonlar O‘zbekiston tajribasini o’rganish maqsadida, uy xo’jaliklari tanlanma kuzatuvlarida ham joyiga chiqgan holatda bevosita guvoh bo’lishdi hamda jarayonlarda qatnashib, aholi va registratorlar bilan suhbat qilishdi.