27/07/2022

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 26- iyul kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida Davlat statisitika qo‘mitasining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi xodimlari hamda viloyatning tumanlar va shaharlarida 2022- yilning 1- iyul kunidan faoliyatini boshlagan roʻyxatga olish bo‘limi boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida oʻquv seminari o‘tkazildi.

Seminarda so‘zga chiqqan Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i  Q. Berdikulov yigʻilish ishtirokchilariga 2023- yilda Oʻzbekiston Respublikasida, shu jumladan Toshkent viloyatida aholini roʻyxatdan o‘tkazish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish borasida olib borilayotgan ishlar, ushbu tayyorgarlik koʻrish ishlari boʻyicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, hududlarda yangidan tashkil etilgan Roʻyxatga olish bo‘limlari xodimlari hamda ular faoliyat yuritayotgan hududlardagi hokimliklar va mahalla fuqarolar yigʻinlari zimmasidagi vazifalar toʻg‘risida gapirib o‘tdi.

Shundan keyin, Qo‘mitaning mas’ul xodimlari yigʻilish ishtirokchilariga 2022- yilning avgust oyida fuqaroviy tusdagi shartnoma asosida ishga jalb qilinayotgan Registratorlarning nomzodlarini shakllantirilishi, ularning bajaradigan vazifalari hamda Roʻyxatga olish bo‘limlari tomonidan ushbu registratorlarning bajaradigan ishlarini qanday tartibda nazorat qilib borilishi yuzasidan slayd ko‘rinishida ma’lumotlarni tushuntirib o‘tishdi.

Seminar savol-javob tarzida o‘tkazilib, Qoʻmitaning mas’ul xodimlari tomonidan yig‘ilish ishtirokchilarining qiziqtirgan barcha savollariga tegishli javoblar berildi.