20/07/2022

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar–iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 13 827,2 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 101,2 %ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 13 313,5 mlrd. so‘mni (100,7 %), o‘rmon xo‘jaligi – 427,5 mlrd. so‘mni (103,1 %), baliqchilik xo‘jaligi – 86,2 mlrd. so‘mni (135,1 %) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Toshkent viloyatining ulushi 10,6 %ni tashkil etdi.