07/07/2022

2021- yil davomida taransportning barcha turlari boʻyicha jami 6 029,7 mln yoʻlovchi tashilgan boʻlib, shulardan avtomobil transportida 5 914,2 mln (jami tashilgan yoʻlovchilarning 98,1 %), shahar elektr transportida (tramvay, trolleybus, metro) 104,6 mln (1,75 %), temir yoʻl transportida 7,9 mln (0,1 %) hamda havo transportida 3,0 mln (0,05 %) yoʻlovchi tashilgan.

Maʼlumot uchun: Qirgʻizistonda ushbu koʻrsatkich 504,2 mln kishi, Belarusda 1 547,3 mln kishi, Qozogʻistonda 7 597,7 mln kishini tashkil etgan.