07/07/2022

2022- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, savdo sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 15 451 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,9 %ga oshdi. Jami savdo korxona va tashkilotlari soni ko‘payishining asosiy omili – avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdoda o‘tgan yilga nisbatan – 10,1 %ga (jami savdodagi ulushi 67,4 %), avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdoda o‘tgan yilga nisbatan – 20,7 %ga (jami savdodagi ulushi 25,6 %), avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta'mirlashning o‘tgan yilga nisbatan – 14,6 %ga (jami savdodagi ulushi 7,0 %) o‘sishidir